Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 74 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 74 • Oʻzbekcha


فَلْيُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ الَّذِينَ يَشْرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا بِالْآخِرَةِ ۚ وَمَنْ يُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا 74
Tarjima:
Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo`lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo`lida jang qilib o`ldirilsa yoki g`olib kelsa, Biz unga, albatta, ulug` ajrni berurmiz. Niso 4:74
Tafsir:
Alloh yoʻlida, Alloh kalimasi oliy boʻlishi uchun dunyodan qochib, oxiratga intiladigan, dunyoni berib, oxiratni sotib oladigan sodiq moʻminlar jang qilsinlar. Alloh yoʻlida, Alloh kalimasi oliy boʻlishi uchun jang qilib, shahid boʻlgan yoki zafar quchgan zotlarga Alloh ulugʻ ajru savob ato etur. U jannat va Oʻzining roziligidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 73 Keyingi Niso • Oyat 75