Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 75 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 75 • Oʻzbekcha


وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ وَلِيًّا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ نَصِيرًا 75
Tarjima:
Nima uchun Allohning yo`lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O`z tomoningdan do`st ato qilgin va O`z tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo`lida jang qilmaysizlar?! Niso 4:75
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh yoʻlida, Alloh soʻzini oliy qilish uchun hamda "Parvardigoro, bizni Makkadan chiqargin, ozod qilgin, chunki uning ahli shirku tajovuzkorlik bilan zulm qilyaptilar, bizga Oʻzing tarafingdan bizni boshqaradigan va himoya qiladigan bir rahbar bergin, bizdan zararni daf qiladigan bir madadkor ato etgin", deya iltijo qilayotgan erkaklar, ayollar va goʻdaklarni qutqarish yoʻlida jang qilishga nima monelik qilyapti?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 74 Keyingi Niso • Oyat 76