Iymon keltirganlar Allohning yo`lida jang qilurlar. Kufr keltirganlar tog`utning yo`lida jang qilurlar. Bas, shaytonning do`stlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir. An-Nisa 4:76 ⧉
Tafsir:
Sodiq moʻminlar Alloh yoʻlida, Alloh soʻzini oliy qilish uchun jang qiladilar. Kofirlar esa oʻzlarining xudolari yoʻlida jang qiladilar. Shaytonning doʻstlariga qarshi jang qilingiz. Bu jangda gʻalaba qilishingiz muqarrar. Zero, shaytonning tadbiri zaif, nochordirki, Alloh taologa tavakkul qiluvchilarga zarar bermas.