Qo`lingizni tiying, namoz o`qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko`rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo`rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo`rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang bo`lmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.
An-Nisa 4:77 ⧉