Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 78 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 78 • Oʻzbekcha


أَيْنَمَا تَكُونُوا يُدْرِكْكُمُ الْمَوْتُ وَلَوْ كُنْتُمْ فِي بُرُوجٍ مُشَيَّدَةٍ ۗ وَإِنْ تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِنْدِكَ ۚ قُلْ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰؤُلَاءِ الْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا 78
Tarjima:
Qayerda bo`lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo`lsangiz ham, o`lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo`ldiki, gapni tushunay demaslar?! An-Nisa 4:78
Tafsir:
Ajalingiz yetsa, qayerda boʻlsangiz, hatto jang maydonidan ancha uzoqdagi mustahkam qalalar ichida boʻlsangiz ham oʻlim topib boraveradi. Munofiqlar biron farzand yoki boshqa rizqqa noil boʻlsalar: "Bu Alloh huzuridan", deydilar. Bordiyu oʻsha farzandi yoki rizqiga biron shikast yetsa, uni Paygʻambar alayhissalomdan koʻrib,: "Sen tufayli shunday boʻldi", deydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga shunday raddiya bildiring: "Shodlik ham, qaygʻu ham, hamma-hammasi Allohning qazoyi qadariga bogʻliqdir. Nega ular hech gapingizni uqmas ekanlar-a?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 77 Keyingi An-Nisa • Oyat 79