Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 79 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 79 • Oʻzbekcha


مَا أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللَّهِ ۖ وَمَا أَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ ۚ وَأَرْسَلْنَاكَ لِلنَّاسِ رَسُولًا ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ شَهِيدًا 79
Tarjima:
Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Payg`ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O`zi kifoya qilur. An-Nisa 4:79
Tafsir:
Ey odam bolasi, farzand boʻladimi, rizq boʻladimi, seni xursand qilayotgan har bir nemat Allohning fazlu marhamatidandir. Oʻsha farzand yoki rizqingga yetayotgan har bir shikast oʻzingdan, oʻzing qilayotgan gunohlaring kasofatidandir. Ey Paygʻambar alayhissalom, Biz sizni hamma odamlarga paygʻambar qilib yubordik. Ularga Parvardigoringizning risolatini yetkazasiz. Sizning chin paygʻambar ekaningizga Allohning Oʻzi yetarli guvohdir. Zotan, U Zot sizga bu borada yetarlicha dalil va hujjatlar ato etdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 78 Keyingi An-Nisa • Oyat 80