Mo`minlardan beshikast bo`la turib o`tirib qolganlari bilan Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bo`lmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini o`tirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va'da qilgan. Alloh mujohidlarni o`tirib qoluvchilardan ulug` ajr ila afzal qilgan. An-Nisa 4:95 ⧉
Tafsir:
Alloh yoʻlida jihod qilishga bormasdan oʻtirib olganlar Alloh uchun mollariyu jonlarini tikib jang qilganlar bilan barobar emas. Kasallik va nogironlik kabi uzri borlar bundan mustasno. Alloh molu jonini fido qilganlarni bir daraja afzal qildi. Mujohidlar va uzri borlar ajru savoblarini oladilar. Alloh mujohidarga Oʻzining huzuridan alohida savob berib, ularni boshqalardan mufazzal etdi.