Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 94 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 94 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا ضَرَبْتُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَتَبَيَّنُوا وَلَا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَىٰ إِلَيْكُمُ السَّلَامَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَعِنْدَ اللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ ۚ كَذَٰلِكَ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلُ فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 94
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yo`lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo`min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o`tkinchi o`ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, ko`plab o`ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne'mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. An-Nisa 4:94
Tafsir:
Ey, Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, Allohning yoʻlida jihodga chiqsangiz, kim bilan jang qilish kerakligini aniqlab olingsiz. Kimdir sizga oʻzini musulmon qilib koʻrsatsa:"Sen moʻmin emassan, moling va joningni saqlab qolish uchun shunday deyapsan", demangiz. Dunyoning arzimas matosi - oʻlja uchun uni oʻldirmangiz. Allohning huzurida yaxshiroq va ulkanroq oʻljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, iymoningizni qavmingizdan yashirib yurardingiz. Oʻshanda Alloh sizga Islom nematini berib, joningizni saqlab qolgandi. Bas, kim bilan jang qilishni aniqlab olingiz. Mayda boʻlsin, yirik boʻlsin, qilayotgan biron amalingiz Allohdan yashirin qolmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 93 Keyingi An-Nisa • Oyat 95