Kim bir mo`minni qasdan o`ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g`azabi va la'nati yog`ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. Niso 4:93 ⧉
Tafsir:
Bir moʻminni qasddan nohaq oʻldirib, tavba qilmay, oʻzinigina haqli deb hisoblagan kimsaning jazosi doʻzax va doʻzaxda mangu qolishdir. Alloh undan gʻazablanib, Oʻz rahmatidan quvadi va unga bu mudhish gunohi uchun ulkan azobni tayyorlab qoʻyadi.