Mo`min mo`minni o`ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo`minni bilmasdan o`ldirib qo`ysa, bas, unga mo`min qulni ozod qilish va (o`lganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bo`lur. Agar u sizga dushman qavmdan bo`lib, o`zi mo`min bo`lsa, mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bo`lsa, ahliga beriladigan xun va mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy ro`za tutish vojib bo`lur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
An-Nisa 4:92 ⧉