Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 91 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 91 • Oʻzbekcha


سَتَجِدُونَ آخَرِينَ يُرِيدُونَ أَنْ يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوا إِلَى الْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا فِيهَا ۚ فَإِنْ لَمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ وَيَكُفُّوا أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُولَٰئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا مُبِينًا 91
Tarjima:
Sizdan ham, o`z qavmlaridan ham omonda bo`lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog`larida unga sho`ng`iydigan boshqa birovlarni ham ko`rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo`llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ana o`shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. An-Nisa 4:91
Tafsir:
Ey moʻminlar, munofiqlarning yana bir toifasi sizlardan tinch boʻlish uchun sizlarga kelib, moʻminligini izhor qiladilar. Qavmidan tinch boʻlish uchun esa ularga borib, kofirligini izhor qiladilar. Allohga kufr va shirk keltirishga chaqirilsalar, oʻshanga chin dildan berilib ketadilar. Bu toifa sizlarga qarshi jang qilishdan tiyilib, sulh istab kelmasalar, ularni topgan joyingizda ushlab oʻldiringiz. Bunday tuban munofiqlarni ushlab oʻldirish uchun ularning makri va xiyonati tufayli Biz sizlarga ochiq hujjat qilib berdik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 90 Keyingi An-Nisa • Oyat 92