Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 90 • Oʻzbekcha


إِلَّا الَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِيثَاقٌ أَوْ جَاءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَنْ يُقَاتِلُوكُمْ أَوْ يُقَاتِلُوا قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَاتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ اعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَاتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ فَمَا جَعَلَ اللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًا 90
Tarjima:
Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o`z qavmlari bilan ham urushish ko`ngillariga sig`masdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo`yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo`l bermas. Niso 4:90
Tafsir:
Ammo sizlar bir qavm bilan urushmaslikka ahdlashgan boʻlsangizlar va ular shu qavmga kelib qoʻshilsalar yoki xoh sizlar bilan boʻlsin, xoh oʻzlarining qavmi bilan boʻlsin, urushish joniga tegib, oldingizga kelgan boʻlsalar, ularga tegmangiz! Agar Alloh istasa edi, ularni sizlardan ustun qilib qoʻygan boʻlar edi va ular sizlarga qarshi jang qilar edilar. Shunday ekan, Alloh bergan bu ofiyatdan mamnun boʻlib, ularni oʻldirmangiz, asir ham olmangiz. Oʻzlarini chetga olib, sizlarga qarshi jang qilmay sulh tuzishni taklif qilib kelsalar, uni qabul qilingiz. Alloh sizlar uchun ularning ustiga hech qanday yoʻl bermaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 89 Keyingi Niso • Oyat 91