Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 89 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 89 • Oʻzbekcha


وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ أَوْلِيَاءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۚ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدْتُمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا 89
Tarjima:
Ular siz ham xuddi o`zlaridek kofir bo`lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo`lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do`st tutmang. Agar yuz o`girib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ulardan do`st ham, yordamchi ham tutmang. An-Nisa 4:89
Tafsir:
Munofiqlar oʻzlariga oʻxshab sizlar ham nozil qilingan risolatga kufr keltirib, kofirlikda ular bilan barobar boʻlib qolishlaringizni umid qiladilar. Shunday boʻlgach, sizlar to ular moʻminligini isbotlash uchun shirk diyoridan Islom diyoriga Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha ularni doʻst tutmanglar! Agar yuz oʻgirsalar va boyagidek oʻz ahvolida qolaversalar, ularni topgan joyingizda tutib oʻldiringiz va ulardan birontasini ham dushmanga qarshi koʻmaklashadigan yordamchi va doʻst tutmangiz!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 88 Keyingi An-Nisa • Oyat 90