Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 88 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 88 • Oʻzbekcha


فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينَ فِئَتَيْنِ وَاللَّهُ أَرْكَسَهُمْ بِمَا كَسَبُوا ۚ أَتُرِيدُونَ أَنْ تَهْدُوا مَنْ أَضَلَّ اللَّهُ ۖ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَلَنْ تَجِدَ لَهُ سَبِيلًا 88
Tarjima:
Sizga nima bo`ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo`linasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qo`ydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bo`lasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan bo`lsa, unga yo`l topa olmassan. An-Nisa 4:88
Tafsir:
Ey moʻminlar, munofiqlarning yana bir toifasi sizlardan tinch boʻlish uchun sizlarga kelib, moʻminligini izhor qiladilar. Qavmidan tinch boʻlish uchun esa ularga borib, kofirligini izhor qiladilar. Allohga kufr va shirk keltirishga chaqirilsalar, oʻshanga chin dildan berilib ketadilar. Bu toifa sizlarga qarshi jang qilishdan tiyilib, sulh istab kelmasalar, ularni topgan joyingizda ushlab oʻldiringiz. Bunday tuban munofiqlarni ushlab oʻldirish uchun ularning makri va xiyonati tufayli Biz sizlarga ochiq hujjat qilib berdik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 87 Keyingi An-Nisa • Oyat 89