Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 97 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 97 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ تَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ ظَالِمِي أَنْفُسِهِمْ قَالُوا فِيمَ كُنْتُمْ ۖ قَالُوا كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِي الْأَرْضِ ۚ قَالُوا أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ اللَّهِ وَاسِعَةً فَتُهَاجِرُوا فِيهَا ۚ فَأُولَٰئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا 97
Tarjima:
O`ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo`lmasmidi?!» derlar. Ana o`shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! An-Nisa 4:97
Tafsir:
Farishtalar kufr diyoridan Islom diyoriga hijrat qilmasdan oʻzlariga jabr qilgan kishilarning jonlarini olayotganda ularni koyib: "Qay ahvolda edingiz? Mushriklardan nimangiz bilan ajralib turardingiz?", deydilar. Shunda ular uzrlarini aytib: "Biz zaif, bechora edik, kuch-quvvatimiz, imkonimiz yoʻq edi, oʻzimizni oʻzimiz himoya qila olmas edik", deyishadi. Shunda farishtalar: "Allohning diyorlari keng edi-ku, yurtingizdan chiqib ketib, joningiz va diningizni xoʻrlik va zoʻrlikdan asrab qolishingiz mumkin edi-ku", deydilar. Ana oʻsha hijrat qilmaganlarning borib oʻrnashadigan joylari doʻzaxdir. U naqadar yomon joy va naqadar yomon oqibat!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 96 Keyingi An-Nisa • Oyat 98