Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir bo`lmagan, yo`lni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno. An-Nisa 4:98 ⧉
Tafsir:
Jabru zulmdan oʻzlarini himoya etolmaydigan, chiqib ketish yoʻlini ham qilolmaydigan kuchsiz-imkonsiz uzrli erkaklar, ayollar va bolalar bundan mustasno. Ajab emaski, Alloh ularni Oʻz lutfu marhamati ila kechirib yuborsa. Alloh bandalariga Kechirimli va tavba qiluvchilarga Magʻfiratli Zotdir.