Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chog`ingizdagi Allohning g`azabi sizning o`zingizga (hozirgi) g`azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur. Ghafir 40:10 ⧉
Tafsir:
Qiyomat kuni Allohga va paygʻambarlarga kufr keltirganlar doʻzaxga kirib, oʻzlaridan oʻzlari gʻazablanib, oʻzlarini oʻzlari lanatlab turgan paytlarida ularga shunday nido qilinadi: "U dunyoda Allohga iymon keltirishga chaqirilgan paytingizda kufr keltirgan, shirk keltirgan edingiz. Oʻsha paytdagi Allohning sizlardan gʻazablanishi hozirgi oʻzingizdan oʻzingiz gʻazablanishingizdan qattiqroqdir".