Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 11 • Oʻzbekcha


قَالُوا رَبَّنَا أَمَتَّنَا اثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا اثْنَتَيْنِ فَاعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَىٰ خُرُوجٍ مِنْ سَبِيلٍ 11
Tarjima:
Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta o`ldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi chiqishning biron yo`li bormi?» – dedilar. Ghafir 40:11
Tafsir:
Kofirlar etirof ham, tavba ham foyda bermaydigan kunda gunohlariga iqror boʻlib shunday deydilar: "Parvardigoro, bizni ikki marta oʻldirding, yani, yoʻq edik, bor qilding, keyin yana oʻldirding. Ikki marta tiriltirding. Dastlab yoʻqdan bor qilding keyin yana qayta tiriltirding. Qilib oʻtgan gunohlarimizga iqrormiz. Endi shu doʻzaxdan chiqishning biron yoʻli bormi? Toki, hayotga qaytib, yaxshi amallar qilsak-da, keyin Sen bizdan rozi boʻlsang".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 10 Keyingi Ghafir • Oyat 12