Landscape MP4 Vertical MP4

Sura G‘ofir — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

G‘ofir • Oyat 85 dan 18 • Oʻzbekcha


وَأَنْذِرْهُمْ يَوْمَ الْآزِفَةِ إِذِ الْقُلُوبُ لَدَى الْحَنَاجِرِ كَاظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ 18
Tarjima:
Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q. G‘ofir 40:18
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularni Qiyomat kunidan, uning yaqinlashayotganidan ogohlantiring. U kun albatta keladi. Har bir keladigan narsa yaqindir. Oʻsha kunning dahshatidan yuraklar halqumlarga kelib, biron kimsa gapira olmay qoladi. Faqat Rahmon izn bergan kishigina gapiradi. Shirku masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari jabr qilgan zolimlarga biron mehribon doʻst ham, gapi oʻtadigan shafoatchi ham boʻlmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi G‘ofir • Oyat 17 Keyingi G‘ofir • Oyat 19