Bugungi kunda har bir jon o`zi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugunga kunda zulm yo`qdur. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi Zotdir. G‘ofir 40:17 ⧉
Tafsir:
Bugun har bir jon qilmishiga yarasha jazo yoki mukofot oladi. Yaxshilik qilgan boʻlsa, mukofotlanadi. Yomonlik qilgan boʻlsa, jazolanadi. Bugun zulm yoʻqdir. Zero, hokim Odil Allohdir. Alloh bandalaridan tez hisob oladigan Zotdir. Chunki U Zot bandalarini juda yaxshi biladi.