O`sha kunda ular zohir bo`lurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolg`iz, Qahhor Allohnikidir! Ghafir 40:16 ⧉
Tafsir:
Ular koʻrinib, bir tepalikda toʻplanganlarida Allohga ulardan biron narsa yashirin qolmas. Oʻzlaridan ham, qilgan amallaridan ham, oladigan jazo yoki mukofotlaridan ham. Oʻshanda bir savol yangraydi: "Bugun mulk kimniki?" Javob esa faqat bitta: "Oʻz Zotida ham, sifatlarida ham, ishlarida ham yakka-yagona boʻlgan, hammadan Gʻolib, hammani Oʻziga boʻysundirgan Qahhor Allohnikidir".