Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 20 • Oʻzbekcha


وَاللَّهُ يَقْضِي بِالْحَقِّ ۖ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَقْضُونَ بِشَيْءٍ ۗ إِنَّ اللَّهَ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ 20
Tarjima:
Alloh haq ila hukm qilur. Undan o`zga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir. Ghafir 40:20
Tafsir:
Alloh adolat bilan hukm qiladi. Hech kimga zulm qilmaydi. Biron kishining yaxshiliklarini kamaytirib yoki yomonliklarini koʻpaytirib yubormaydi. Mushriklarning Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlari esa biron narsa ustidan hukm qila olmaydilar. Chunki ularda hech qanday huquq yoʻq. Alloh bandalarining gaplarini eshitib, niyatlari va amallarini koʻrib turguvchi Zotdir. Yaqinda ularga qilgan ishlariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 19 Keyingi Ghafir • Oyat 21