Landscape MP4 Vertical MP4

Sura G‘ofir — Oyat 21 (Oʻzbekcha) — Video

G‘ofir • Oyat 85 dan 21 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ كَانُوا مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَاقٍ 21
Tarjima:
Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar ulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, Alloh o`shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o`zga bir saqlovchi bo`lmadi. G‘ofir 40:21
Tafsir:
Anavi mushriklar yer yuzini aylanib yurib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmasdan yolgʻonga chiqarganlarning oqibati nima boʻlgani haqida fikr yuritsalar boʻlmaydimi? Axir ularning oqibatlari oʻta ayanchli boʻlmaganmi? Holbuki, ular bulardan koʻra kuch-quvvat jihatidan ham, zaminda binolar qurib qoldirgan osori atiqalari jihatidan ham zoʻrroq boʻlganlar-ku! Alloh ularni qilgan gunohlari tufayli halok ayladi. Ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron himoyachi yoʻqdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi G‘ofir • Oyat 20 Keyingi G‘ofir • Oyat 22