Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lgan Zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh so`rayman», dedi. G‘ofir 40:27 ⧉
Tafsir:
Muso Firavnning tahdididan xabar topgach, shunday dedi: "Men oʻzimning Parvardigorim va sizlarning Parvardigoringizdan Qiyomat kuniga hamda undagi hisob-kitob va jazoga iymon keltirmaydigan, haqni tan olmaydigan har bir mutakabbirdan panoh berishini soʻrayman".