Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 28 • Oʻzbekcha


وَقَالَ رَجُلٌ مُؤْمِنٌ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَانَهُ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَنْ يَقُولَ رَبِّيَ اللَّهُ وَقَدْ جَاءَكُمْ بِالْبَيِّنَاتِ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ وَإِنْ يَكُ كَاذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُ ۖ وَإِنْ يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُمْ بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ 28
Tarjima:
Fir'avn ahlidan bo`lgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo`min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun o`ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg`onchi bo`lsa, yolg`oni o`ziga zarar. Agar rostgo`y bo`lsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo`lgan shaxsni hidoyat qilmas. Ghafir 40:28
Tafsir:
Firavn xonadonidan boʻlgan, iymonini qavmidan yashirib yuradigan bir moʻmin kishi Musoning oʻldirilishiga qarshi chiqib dedi: "Bir begunoh odamni, "Parvardigorim Allohdir", degani uchun oʻldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga oʻzining Parvardigori tarafidan yuborilgan paygʻambar ekaniga dalolat qiluvchi hujjatlar keltirdi-ku! Farazan, u yolgʻonchi boʻlsa ham, yolgʻoni oʻziga zarar qiladi. Lekin agar rostgoʻy boʻlsa, sizlarga u vada qilayotgan ayrim azoblar yetib qoladi-ku! Albatta Alloh haddan oshguvchi, yolgʻonchi kimsani hidoyat qilmas, unga tavfiq bermas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 27 Keyingi Ghafir • Oyat 29