Siz meni Allohga kufr keltirishimga va o`zim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni aziyzu o`ta mag`firatli Zotga chaqirmoqdaman. Ghafir 40:42 ⧉
Tafsir:
Sizlar meni oʻzlaringizning nohaqligingizga, Allohga kufr keltirishimga va Allohni qoʻyib, oʻzim bilmaydigan narsalarga ibodat qilishimga chorlayapsizlar. Men esa sizlarni hammadan Gʻolib, Aziz va bandalarini kechiradigan Magʻfiratli Allohga iymon keltirishga chaqiryapman.