Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni do`zaxga chaqirursiz?! G‘ofir 40:41 ⧉
Tafsir:
Ey qavmim, nega men sizlarni Allohga iymon keltirish va yaxshi ishlarni qilish ila erishiladigan dunyo va oxiratdagi najotga chaqirsam, sizlar meni kufru masiyatlar kasofatidan giriftor boʻlinadigan doʻzaxga chorlayapsizlar? Bu nima degan gap?