Qachonki ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular o`zlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni o`zlari istehzo qilgan narsa o`rab oldi. G‘ofir 40:83 ⧉
Tafsir:
Paygʻambarlari ularga yorqin hujjatlarni taqdim etganlarida oʻzlaridagi bu hujjatlarga qarshi bilimni tanladilar. Haqni masxara qilganlari tufayli ularni oʻsha paygʻambarlari ogohlantirgan azob qamrab oldi.