Landscape MP4 Vertical MP4

Sura G‘ofir — Oyat 82 (Oʻzbekcha) — Video

G‘ofir • Oyat 85 dan 82 • Oʻzbekcha


أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 82
Tarjima:
Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi. G‘ofir 40:82
Tafsir:
Anavi haqni tan olmay, yolgʻonga chiqarayotganlar yer yuzini aylanib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlgani haqida fikr yuritmaydilarmi?! Ular bulardan koʻra boyroq, qudratliroq va yer yuzida koʻproq iz qoldirgan edi-ku! Allohning azobi kelgan paytda ularga mol-davlatlari ham, kuch-qudratlari ham asqotmadi-ku!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi G‘ofir • Oyat 81 Keyingi G‘ofir • Oyat 83