So`ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur bo`lgan holingizda keling!» – dedi. Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda keldik», dedilar. Fussilat 41:11 ⧉
Tafsir:
Keyin Alloh samoni yaratmoqchi boʻldi. U paytda osmon bir tutun edi. Unga va zaminga: "Farmonimga oʻz ixtiyoringiz bilan yoki majburan boʻysuninglar, sizlar uchun boshqa yoʻl yoʻq", degan edi, ular: "Oʻz ixtiyorimiz bilan boʻysundik, biz uchun Sening irodangdan oʻzga iroda yoʻqdir", dedilar.