U zot o`sha(er)ning ustida tog`larni qildi, uni barakotli qildi va uning (ahli) rizqini to`rt kunda o`lchovli etib taqdir qildi. Bu, so`rovchilar uchundir», deb ayt. Fussilat 41:10 ⧉
Tafsir:
Zamin qimirlab ketmasligi uchun uning ustida togʻlarni barpo etdi. Ularga baraka berdi, oʻz ahli uchun har doim yaxshilik manbai qilib qoʻydi. Odamlar va hayvonlarning ozuqalarini toʻrt kunda belgilab qoʻydi. Oldingi ikki kunga yana ikki kun, seshanba va chorshanbalar ham qoʻshiladi. Bu malumot shu haqda soʻrovchilar uchundir.