Sen: «Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qo`shyapsizmi?! Axir, U zot olamlarning Robbi-ku! Fussilat 41:9 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Nima uchun sizlar zaminni ikki kunda, Yakshanba va Dushanba kunlari yaratib qoʻygan Zotga kufr keltiryapsizlar va Unga boshqalarni sherik qilyapsizlar? Uni qoʻyib, boshqalarga ibodat qilyapsizlar? Nima uchun? Axir U Zot barcha maxluqotlarning Parvardigori-ku!