Od (qavmi) bo`lsa, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qildilar. Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» – dedilar. Ularni yaratgan Alloh o`zlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar. Fussilat 41:15 ⧉
Tafsir:
Endi Hud qavmi Od qabilasiga kelsak, ular kofir boʻlish bilan birga yer yuzida nohaq, nooʻrin katta ketib, atrofidagilarga zulmu zoʻravonlik qilib: "Bizdan ham kuchliroq kim bor ekan?", dedilar. Ularning nazdida oʻzlaridan kuchliroq zot yoʻq edi. Bas, Alloh ularga raddiya bildirib: "Ularni yaratgan, ularga oʻsha quvvatni ato etgan Alloh ulardan koʻra qudratliroq ekanini bilmasmidilar?", dedi. Ular Hud alayhissalom olib kelgan Bizning oyatlarimizga kufr keltirardilar.