Bas, Biz ustlariga shumlik kunlarida sorsor shamolini yubordik. Buni ularga hayoti dunyoning xorlik azobini tottirish uchun qildik. Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir va ularga nusrat berilmas. Fussilat 41:16 ⧉
Tafsir:
Ularga dunyo hayotidagi xorlik azobini tottirib qoʻyish uchun bir kunni ular uchun bexosiyat qilib, u kunda ustlariga dahshatli boʻronni yubordik. Ularni kutib turgan oxirat azobi bundan-da xor qilguvchiroqdir. U paytda ular oʻzlarini azobdan qutqarib qoladigan biron himoyachini topa olmay qoladilar.