Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fussilat — Oyat 25 (Oʻzbekcha) — Video

Fussilat • Oyat 54 dan 25 • Oʻzbekcha


وَقَيَّضْنَا لَهُمْ قُرَنَاءَ فَزَيَّنُوا لَهُمْ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَحَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِمْ مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا خَاسِرِينَ 25
Tarjima:
Biz ularga «do`stlar» tayyorladik. Bas, o`shalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab ko`rsatdilar va ularga ham o`zlaridan oldin o`tgan jin va insdan bo`lgan ummatlar qatori (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, ular ziyonkor bo`ldilar. Fussilat 41:25
Tafsir:
Biz anavi kofirlarga shaytonlardan iborat doʻstlar tayyorlab qoʻydik. Ana oʻshalar ularga shu dunyoda qilayotgan yomon ishlarini ham, kelgusida oxiratda sodir boʻladigan holatni ham chiroyli qilib koʻrsatdilar. Shu bilan oxiratni yodga olish va uning uchun tayyorgarlik qilishni unutdilar. Natijada ulardan oldin oʻtgan insu jinga kelgan azob ularga ham kelishi haq boʻlib qoldi. Ular Qiyomat kuni doʻzaxga kirish bilan oʻz jonlarini ham, oilalarini ham qoʻldan boy bergan magʻlublardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fussilat • Oyat 24 Keyingi Fussilat • Oyat 26