Kufr keltirganlar: «Bu Qur'onga quloq solmanglar, unga xalaqit bering, shoyadki, g`olib bo`lsangiz», dedilar. Fussilat 41:26 ⧉
Tafsir:
Kofirlar hujjatga hujjat bilan javob bera olmagach, bir-birlariga shunday tavsiyalar berdilar: "Muhammad oʻqib berayotgan bu Quronga quloq solmanglar. Uning koʻrsatmalariga ergashmanglar. U oʻqilayotganda ovozingizni koʻtarib, qichqirib, hushtak chalib, shovqin qilinglar. Shoyadki, shunda sizlar gʻolib boʻlib, u tilovatini va davatini toʻxtatsa.