Ular: «Qalblarimiz sen da'vat qilayotgan narsadan g`iloflardadir, quloqlarimizda og`irlik bor, sen bilan bizning oramizda esa, parda bor. Bas, sen amalingni qilaver, biz ham, albatta, o`z amalimizni qilguvchilarmiz», dedilar. Fussilat 41:5 ⧉
Tafsir:
Dedilar: "Dillarimizga parda tortilgan. Ular sening davatingni anglay olmaydi. Quloqlarimizda karlik bor, uni eshitmaydi. Sen bilan bizning oramizda bir toʻsiq bor. Sen tarafingdan hech narsa bizga yetib kelmaydi. Shunday boʻlgach, sen oʻz yoʻlingda ketaver, biz ham oʻz yoʻlida ketaveradigan odamlarmiz. Hech qachon senga ergashmaymiz".