Sen: «Men ham sizga o`xshar basharman, xolos. Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur. Bas, Uning O`zigagina to`g`ri yuzlaning va Unga istig`for ayting. Mushriklar holiga voy bo`lsin. Fussilat 41:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi sarkashlarga ayting: "Men ham sizlarga oʻxshagan bir odamman, xolos. Menga Alloh vahiy qildiki, sizlarning chin mabudingiz birdir. U Allohdir. Shunday boʻlgach, Unga olib boradigan yoʻldan yuringlar. Undan gunohlaringiz uchun magʻfirat soʻranglar. Allohga shirk keltirib, Undan boshqaga ibodat qiladigan mushriklarga halokat boʻlsin".