Ogoh bo`linglar! Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`lishdan shakdadirlar. Ogoh bo`linglar! Albatta, U zot har bir narsani ihota qilguvchidir. Fussilat 41:54 ⧉
Tafsir:
Ogoh boʻlingizkim, mushriklar Qiyomat kuni Parvardigorlariga roʻbaroʻ kelish haqidagi xabarlarga shubha bilan qaraydilar. Chunki ular qayta tirilishni inkor etadilar, oxiratga ishonmaydilar. Shu tufayli oxirat uchun solih amallar ila tayyorgarlik koʻrmaydilar. Ogoh boʻlingizkim, Alloh hamma narsani ihota qilib olgandir, yani, hamma narsadan voqif va har ishga Qodir Zotdir.