Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fussilat — Oyat 53 (Oʻzbekcha) — Video

Fussilat • Oyat 54 dan 53 • Oʻzbekcha


سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِي الْآفَاقِ وَفِي أَنْفُسِهِمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ الْحَقُّ ۗ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ 53
Tarjima:
Biz ularga ham ufqlardagi, ham o`z nafslaridagi oyat (belgi)larimizni ko`rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo`lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?! Fussilat 41:53
Tafsir:
Quraysh kofirlariga oyatlarimizni musulmonlarga fath qilib bergan yerlarimizda ham, Makkani fath aylash bilan ularning oʻzlarida ham koʻrsatib qoʻyamiz. Toki, bu Quronning haq ekani, unda zarracha shubha yoʻqligi ayon boʻlsin. Anavi mushriklarga Quronning haq ekaniga Allohning Oʻzi guvohlik berayotgani yetmas ekanmi? Allohdan koʻra zoʻrroq yana qanday guvoh bor ekan? Agar ular chindan haqni istaganlarida Parvardigorning guvohligi ularga kifoya qilgan boʻlar edi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fussilat • Oyat 52 Keyingi Fussilat • Oyat 54