Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ash-Shura — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Ash-Shura • Oyat 53 dan 12 • Oʻzbekcha


لَهُ مَقَالِيدُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 12
Tarjima:
Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir. Ash-Shura 42:12
Tafsir:
Osmonlaru yer xazinalarining kalitlari yolgʻiz Unikidir. Oʻzi xohlagan bandasining rizqini moʻl qilib beradi va shu bilan shukr qiladimi, yoʻqmi, sinaydi. Xohlagan bandasining esa rizqini tang qilib beradi va bu bilan ham sabr qiladimi, yoʻqmi, sinaydi. U hamma narsani biladigan Zotdir. Bandalari uchun nima foydali boʻlsa, hammasidan Xabardor.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ash-Shura • Oyat 11 Keyingi Ash-Shura • Oyat 13