Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 11 • Oʻzbekcha


فَاطِرُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا وَمِنَ الْأَنْعَامِ أَزْوَاجًا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ ۖ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ 11
Tarjima:
U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga o`z jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni o`sha (juftlik) asosida ko`paytirur. U zotga o`xshash hech narsa yo`qdir. U zot o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir. Shuro 42:11
Tafsir:
Alloh osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. U sizlarni ham, tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlarini ham juft-juft qilib yaratdi. Shu juftlik orqali koʻpayasizlar. Oʻzlaringiz uylanasizlar, turmush qurasizlar. Hayvonlarning esa goʻshtlaridan, sutlaridan, yunglaridan foydalanib yashaysizlar. Allohga maxluqotlaridan birontasi oʻxshash emas. U bandalarining aytayotgan gaplarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib turguvchi Zotdir. Biron narsa U Zotning etiboridan chetda qolmaydi va yaqinda bandalarini qilgan amallariga yarasha jazolaydi yoki mukofotlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 10 Keyingi Shuro • Oyat 12