Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 10 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 10 • Oʻzbekcha


وَمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِنْ شَيْءٍ فَحُكْمُهُ إِلَى اللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبِّي عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ 10
Tarjima:
«Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana o`sha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.» Shuro 42:10
Tafsir:
Ey odamlar, dindagi asos ishlar boʻladimi yoki mayda boʻlimlari boʻladimi, qaysi birida ixtilof qilsangizlar uning hukmi Allohdan soʻraladi. Allohning kitobi va paygʻambari alayhissalomning sunnatiga murojaat qilinadi. Mana shu tavsiflar sohibi Alloh Parvardigorimdir. Hamma ishlarimda yolgʻiz Ungagina tayandim va Ungagina tavba bilan yuzlanaman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 9 Keyingi Shuro • Oyat 11