Yoki ular undan boshqa «do`stlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning O`zigina do`stdir. U zot o`liklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir. Shuro 42:9 ⧉
Tafsir:
Anavi mushriklar Allohni qoʻyib, boshqalarni doʻst tutdilarmi? Holbuki, chin, haqiqiy doʻst yolgʻiz Allohdir. Undan boshqasi foyda ham, zarar ham keltira olmaydi. Hisob-kitob va jazo yoki mukofot uchun oʻliklarni tiriltiradigan ham yolgʻiz Uning Oʻzidir. U har ishga Qodir. Uning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.