Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 23 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكَ الَّذِي يُبَشِّرُ اللَّهُ عِبَادَهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ۗ قُلْ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا الْمَوَدَّةَ فِي الْقُرْبَىٰ ۗ وَمَنْ يَقْتَرِفْ حَسَنَةً نَزِدْ لَهُ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ شَكُورٌ 23
Tarjima:
Ana o`sha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina so`rayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga o`sha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, Shakurdir. Shuro 42:23
Tafsir:
Allohga va paygʻambarlarga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga Alloh mana shunday xushxabarni beradi. Ey Paygʻambar, ayting: "Sizlarga haqni yetkazayotganim evaziga sizlardan biron haq, savob talab qilmayman. Faqat birgina narsani talab qilaman, xolos. U ham boʻlsa, sizlarga yaqin boʻlganim uchun meni yaxshi koʻringlar". Kim bir yaxshilik qilsa, uning savobini koʻpaytirib beramiz. Birni oʻn qilib beramiz. Alloh tavba qilgan bandalarini kechiradigan, Uning rizosi uchun qilingan solih amallardan minnatdor boʻladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 22 Keyingi Shuro • Oyat 24