Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 24 • Oʻzbekcha


أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا ۖ فَإِنْ يَشَإِ اللَّهُ يَخْتِمْ عَلَىٰ قَلْبِكَ ۗ وَيَمْحُ اللَّهُ الْبَاطِلَ وَيُحِقُّ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ ۚ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ 24
Tarjima:
Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolg`on to`qidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh O`z so`zlari ila botilni yo`q qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani o`ta bilguvchidir. Shuro 42:24
Tafsir:
Mushriklar Quronni Muhammad alayhissalom oʻzi toʻqib chiqarib, uni Alloh aytgan deydi, deb oʻylaydilar. Alloh ularga raddiya bildirib: "Agar siz yolgʻon toʻqiydigan odam boʻlganingizda qalbingizni muhrlab qoʻygan hamda toʻqilgan botilni mahv aylab, haqni yuzaga chiqargan boʻlardim", deydi. Modomiki, ish shunday boʻlmabdimi, demak, shuning oʻzi Paygʻambar alayhissalomning haq ekaniga, Quron Alloh tarafidan nozil qilinganiga yetarli dalildir. Alloh bandalarining qalblarida nima borligini ham biladigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 23 Keyingi Shuro • Oyat 25