Uning O`zi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur. Ash-Shura 42:25 ⧉
Tafsir:
Har qanday nuqsondan Pok Alloh shunday Zotki, kufru masiyatlardan tavba qilgan bandalarning tavbasini qabul qiladi, qilib oʻtgan yomonliklarini kechiradi va sizlar qilayotgan har bir ishdan voqif boʻlib turadi. Biron amalingiz U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.