Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 26 • Oʻzbekcha


وَيَسْتَجِيبُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَيَزِيدُهُمْ مِنْ فَضْلِهِ ۚ وَالْكَافِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ 26
Tarjima:
U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga O`z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir. Shuro 42:26
Tafsir:
Allohga va paygʻambarlarga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qilgan zotlarning duolarini ijobat aylab, ularga Oʻz fazlidan soʻramagan narsalarini ham qoʻshib, koʻpaytirib beradi. Allohga va paygʻambarlarga kufr keltirganlarni esa Qiyomat kuni qattiq azob kutib oladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 25 Keyingi Shuro • Oyat 27