Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo`ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O`zi xohlaganiga o`lchov bilan tushiradi. Albatta, u O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`ruvchidir. Shuro 42:27 ⧉
Tafsir:
Agar Alloh hamma bandalariga rizqni moʻl qilib qoʻyganida yer yuzida hadlaridan oshib, zulmu zoʻravonlik qilgan boʻlardilar. Lekin Alloh rizqni Oʻzi istagan miqdorda keng va tang qilib tushiradi. U bandalarining ahvolidan Xabardor va ularni koʻrib turguvchi Zotdir. U Zotning berishida ham, bermasligida ham bir hikmat bor.