Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 48 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 48 • Oʻzbekcha


فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ ۗ وَإِنَّا إِذَا أَذَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ الْإِنْسَانَ كَفُورٌ 48
Tarjima:
Agar ular yuz o`girsalar, bas, biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga O`zimizdan rahmat tottirgan chog`imizda u undan quvonur va agar ularga o`z qo`llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni ne'mat qilur. Shuro 42:48
Tafsir:
Ey Paygʻambar, agar siz buyurgan ishlarni bajarishdan bosh tortsalar, bas, Biz sizni ularning har bir ishini nazorat qilib turadigan qoʻriqchi qilib yubormaganmiz. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos. Hisob-kitobni esa Allohning Oʻzi qilib oladi. Biz insonga marhamat koʻrsatib, uni sogʻlik, boylik kabi bironta nemat bilan siylasak, xursand boʻladi. Oʻzi qilgan gunohi tufayli unga bir musibat yetganda esa u tabiatan nonkoʻr, noshukrdir va Allohning qadaridan norozidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 47 Keyingi Shuro • Oyat 49